ZULFIYAXONIMNING 105 YILLIK TAVALLUDIGA BAG‘ISHLAB TADBIR O‘TKAZILDI

 29 -fevral 2020-yil  Qurilish fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi BT yetakchisi N.B.Ruzieva tomonidan O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning 105 yillik tavalludiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Institut Murabbiylar kengashi raisi F.I.Mamurova TTE va TL fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi BT yetakchisi M. Botirova, ko‘priklar va tunnellar kafedrasi katta o‘qituvchisi Z. Mirzaeva va talabalar taklif etildilar.

 Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Sh.Xodjaeva institutida ta’lim olayotgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofot sovrindorlari R.Abdullaeva, X. Sherzodova bilan tanishtirdi.  Ular Zulfiyaxonimning hayot yo‘li xususida so‘z yuritishdi va o‘z ijodlaridan namunalar aytishdi.Talaba-yoshlar shoira she’riyatining go‘zal namunalaridan she’rlar o‘qishdi. Zulfiyaxonimning hayot yo‘li aks ettirilgan video-rolik ko‘rsatildi. Tadbirni Zulfiya nomidagi Davlat mukofot sovrindori R.Abdullaeva qo‘shiqlar bilan yakunladi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi