MAQOM KECHASI

 Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

  Mamlakatimizda milliy musiqa san’atini ravnaq toptirish, uning boy an’ana va maktablarini asrab-avaylash, yanada boyitish, ustoz san’atkorlar faoliyati, ijodiy merosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda institutning musiqa rahbari Dilmurod Toshmurodov tomonidan qator loyihalar amalga oshirilayotganligi tahsinga loyiq.

 Bugun tashkil etilgan maqom kechasida mumtoz musiqamiz haqida so‘z bordi. Tadbirda Dilmurod Toshmurodov rahbarligidagi badiiy jamoa va institutning ijrochi yoshlari ishtirokidagi kontsert dasturi namoyish etildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi