8-MART XALQARO XOTIN QIZLAR KUNI INSTITUTDA KENG NISHONLANDI

 6-mart 2020-yil institut faollar zalida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali yig‘ilish o‘tkazildi. Tantanalarga institutda faoliyat olib borayotgan barcha ayollar va talaba-qizlar taklif etildi. Marosimda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Gulamov rektor tabrigini o‘qib eshittirdi.

]

Shuningdek, bayram dasturida Shuhrat Daryo ham ishtirok etdi.

 Tadbirda institut hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan institut mavqeini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayollarimiz institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 Tadbirda institut badiiy jamoasining chiqishlari nafosat egalarida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi