TA’LIM VA LOYIHAVIY BOSHQARUV TIZIMIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR

 9 mart kuni Ayova Davlat universiteti (AQSh) professori Tina Koffelt ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

 «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan turli xildagi ta’lim muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga e’tibor qaratdi.

 Kafedrada xalqaro tajribalar asosida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish maqsadida “Ta’lim va loyihaviy boshqaruv tizimida ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 Seminarda Ayova Davlat universiteti (AQSh) professori Tina Koffelt hamda Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi “Loyihaviy boshqaruv va strategiyalash” kafedrasi mudiri Baxrom Xolbaevlar ma’ruza qildi.

 Shuningdek, seminar davomida amaldagi xalqaro ta’lim loyihalari va AQSh elchixonasi tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun ajratilayotgan grant dasturlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi