SUMALAK SAYLI

 Mana biz orziqib kutgan fasllar kelinchagi bahor ham kirib keldi. Bahorda Navro‘z arafasida turli milliy taomlarni tayyorlash an’anaga aylangan. 2020-yilning 13-mart kuni Toshkent temir yo‘l institutida “Sumalak sayli” bo‘lib o‘tdi. Saylda doshqozonlarda sumalak, osh pishirildi va barcha institut bo‘limlariga, TTJ talabalariga tarqatildi.

 Bahorda organizmimiz vitaminli mahsulotlarga muhtojlik sezgani bois ham, biz sumalakning foydasi xususida so‘z yuritmoqchimiz.

 Sumalak tarkibi:

  • bugʻdoy
  • un
  • suv
  • paxta yog’i

 Sumalak nafaqat toʻyimli, balki shifobaxshdir:

  • Mikroelementlar
  • Bitaminlar
  • Antioksidantlar

 Sumalak — Markaziy Osiyo, hamda boshqa turkiy va forsiy xalqlar tomonidan Navroʻz bayrami kunlari pishiriladigan shirin taom turi. Asosan, bugʻdoyning yosh novdalari, unyogʻlardan tayyorlanadi. Shuningdek, baʼzi milliy anʼanalarga koʻra, tosh yoki yongʻoq ham solib pishiriladi.Hamda 1 sutka mobaynida pishiriladi.

 Sumalak — servitamin, xushxoʻr va tansiq taom. Tayyorlash usuli: jaydari qizil, qayroqi bugʻdoy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. Zanglamaydigan idishga solinib, uch kun ivitib qoʻyiladi. Bugʻdoy nish urgach, toza taxta (teshikchalar ochilgan faner) ustiga 1 — 1,5 sm qalinligida yorugʻroq, lekin quyosh nuri tushmaydigan joyga taxtaga yoyiladi va qar kuni ertalab suv sepib turiladi. Bugʻdoy maysasi (koʻk) igna boʻyi boʻlganda (3—4 kundan soʻng) uni boʻlaklarga boʻlib, taxtadan ajratib olinadi. Koʻk qiymalanadi yoki oʻgʻirda tuyiladi va ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokada suziladi. Shu tarika uch marta sharbat olinib, alohida idishlarda saqlanadi, 0,5 kg undirilgan bugʻdoy uchun 2 kg bugʻdoy uni, 1 kg paxta yogʻi kerak. Qozonda paxta yogʻi dogʻlanib sovitiladi. Yog‘ga un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi.

Soʻngra ikkinchi suzilgan sharbat quyiladi, bu ham qaynagach, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Tagiga olmasligi uchun qozonga yongʻokdek keladigan 15—20 ta silliq toshchalar va 10—12 dona yongʻoq yuvib solinadi va yogʻoch kurakcha bilan betoʻxtov kovlab turiladi. Sumalak 10—12 soat qaynatiladi. Tayyor sumalakning rangi och jigarrang , quyuq ataladek, mazasi shirin boʻladi. Sumalak yetilgach, qozonning olovi olinib, 5—6 soat dimlab qoʻyiladi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi