UMUMXALQ HASHARI DAVOM ETMOQDA

 Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.

 Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarning ongu shuuriga chuqur singdirish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samaralarini berdi.Milliy bayramlarimiz arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va tozalik oyligi, umumxalq hayriya hasharlari ana shunday xayrli ishlardandir.

 14-15-mart kunlari respublikamizda e’lon qilingan umumxalq hashari munosabati bilan ko`pgina muassalar kabi bizning ham institutda hashar bo‘lib o‘tmoqda. Hashar davomida o‘qituvchilar, talabalar, ishchi xodimlar, yosh-u qari birday yeng shimarib mehnat qilmoqdalar. Hovli atrofi va bino ichkarisini chiqindilardan tozalash va tartibga keltirish bo’yicha bir qancha ishlar bajarilmoqda.

Oliygoh hovlisida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ishchi xodimlar tomonidan hovli atrofi tartibga keltirildi, daraxt va gullar ekildi, ariq-zovurlar tozalandi.

Barchani umumxalq hashariga chorlab qolamiz.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi