YIL TALABASI-2020

“Yil talabasi -2020” tanlovida ishtirok eting va g’olib bo’ling!

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bо‘yicha о‘tkaziladi:

 “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilimdon talabasi”;

“Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”;

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;

“Yilning eng faol sportchi talabasi”;

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”;

“Yilning eng faol bloger talabasi”;

“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”.

Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar quyidagi hujjatlar tо‘plamini elektron shaklda  telegramm orqali   @Yil_talabasi_TDTUbot ga  yuboriladi:

– tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni о‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobilyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki,talabalarga о‘rnak bо‘ladigan jihatlari va jamoat ishlardagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

– tanlov ishtmrokchisining fanlarni о‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni о‘zlashtirish sinov daftarchasi) nushalari;

– tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga;

– turli tadbirlar, tanlovlarda fahriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (nushalari ilova qilinadi);

– grantlarda ishtirok etganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi kо‘rsatiladi;

– konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ilmiy ishlar rо‘yhati va ilmiy ishlar nushalari ilova sifatida taqdim etiladi;

Diqqat: hujjatlar tо‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bо‘lishi lozim.

Hujjatlar 2020 yil 16 oktabrga qadar qabul qilinadi.

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hо‘jjatlar tо‘plami tegishli fakultet dekanati tomonidan saralanadi va elektron shaklda tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.

Tanlov komissiyasi har bir nominatsiya bо‘yicha g‘olib (1, 2, 3-о‘rin)larni aniqlaydi va birinchi о‘rin sovrindorlarini tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi.

Nominatsiyalar bо‘yicha 1, 2 va 3-о‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy ta’lim muassasasi tomonidan taqdirlanadi.

“Yil talabasi-2020” Respublika tanlovi nizomi bilan tanishing: NIZOM

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi