“ Maqsud Shayxzodaning adabiy merosi va zamonaviylik ’’mavzusida Xalqaro ilmiy – amaliy onlayn anjuman bo’lib o’tadi

2020-yil 5-noyabr kuni Maqsud Shayxzoda tavalludining 112 yilligi munosabati bilan “Maqsud Shayxzodaning  adabiy merosi va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tadi.

Konfrensiyaning maqsadi:

  • Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodini o‘rganish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi № 502 sonli qarori ijrosini ta’minlash.

     Xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni rejalashtirgan:

  • Maqsud Shayxzoda va XX asr o‘zbek she’riyati.
  • Maqsud Shayxzodaning ilmiy merosi.
  • XX asr adabiy jarayoni va Maqsud Shayxzoda dramaturgiyasi.
  • Maqsud Shayxzoda – jahon mumtoz adabiyoti asarlarining tarjimoni.
  • Maqsud Shayxzoda – zamondoshlari xotirasida

Tashkiliy qo‘mitaning  aloqa raqamlari:

e-mail: shayxzoda112@yandex.ru

telegram: @Kh_vazira

Konferensiya axborot xatini yuklab olish:AXBOROT XATI

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi