UNIVERSITET BOSHLANG’ICH KASABA UYUSHMA TASHKILOTINI TUZISH BO’YICHA UMUMIY YIG’ILISH BO’LIB O’TDI

 2020 yil 23 oktyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotini tuzish va faoliyatini tashkil etish masalasida jamoa a’zolarining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Umumiy yig’ilish kun tartibiga ko’ra saylangan delegatlar tomonidan universitet kasaba uyushma tashkilotini tuzish, kasaba uyushma qo’mitasi a’zolarini saylash, kasaba uyushma qo’mitasi raisi va rais o’rinbosarini saylash kabi masalalarga ovoz berildi.


 Saylov natijalariga ko’ra kasaba uyushma qo’mitasi raisi etib Xolboev Ilyos Abdijabbarovich hamda rais o’rinbosari sifatida Alimuxamedov Shamsitdin Pirmuxamedovich saylandilar.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi