SHOIR MAQSUD SHAYXZODA QABRI OBODONLASHTIRILDI

 XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi va o‘tgan asr badiyat xazinasiga munosib hissa qo‘shgan atoqli shoir  Maqsud Shayxzoda tavalludining 112 yilligi munosabati bilan respublikamizda ko‘plab tadbirlar va ijodiy kechalar bo‘lib o‘tmoqda.

 Toshkent davlat transport universiteti ishchi-hodimlarining tashabbusi bilan 2020-yilning 31-oktabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Chig’atoy” qabristonida shoir Maqsud Shayxzoda qabri obod etildi. Tevarak atrof tozalanib, turli gullar ekildi.

 Universitet tomonidan bunday hasharlar muntazam tarzda tashkil etiladi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi