“Maqsud Shayxzoda adabiy merosi va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va Maqsud Shayxzoda nomidagi o’quv zalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi

2020-yilning 5-noyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Geydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniy markazi, B. Osmonov nomli Jalol-obod davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi), Rossiyaning Toshkentdagi fan va madaniyat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida Maqsud Shayxzoda tavalludining 112 yilligiga bag’ishlangan  “Maqsud Shayxzodaning adabiy merosi va zamonaviylik’’ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maqsud Shayxzoda nomidagi o‘quv zali va ekspozitsiyani Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov va adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov  birgalikda tantanali ravishda ochib berishdi. Tashrif buyurgan mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari o’quv zalini ko’zdan kechirishdi, Maqsud Shayxzodaning hayot yo‘li haqida suhbatlashishdi. O‘zbek milliy akademik drama teatr aktyori Ahror Alijonov tomonidan Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” asaridan parcha ijro etildi.

Universitet anjumanlar zalida konferensiyaning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Ochilish marosimida Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov, Transport vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev hamda O‘zbekiston Respublikasidagi Rossiya hamkorlik markazi vakolatxonasining rahbari Mixail Vojdayev Maqsud Shayxzoda ijodi to‘g‘risida so‘z yuritishdi.

Ilmiy–amaliy konferensiyaning plenar yig‘ilishi davomida Maqsud Shayxzoda dramaturgiyasi, tarjimonlik ijodi va adabiy merosi haqida ma’ruzalar taqdim etildi.

Maqsud Shayxzoda tavalludining 112 yilligiga bag’ishlangan  “Maqsud Shayxzodaning adabiy merosi va zamonaviylik’’ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi