Huquqbuzarlik profilaktikasi

  2020-yilning 10-dekabr kuni Toshkent davlat transport universitetida “Huquqbuzarlik profilaktikasi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i kirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu hamda tadbir mehmonlari bilan yig’ilganlarni tanishtirdi.
So’z navbati Mirobod tumani bo’yicha IIO FMB XPB o’ta muhim ishlar bo’yicha katta inspektor, kapitan S. Zayniddinovga berildi. U talabalarga ro’yxatga turish tartibi haqida tushuncha berib, voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik, tartibbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish kabi bugungi kunning dolzarb masalalari to’g’risida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, Toshkent shahri tumanlarida voyaga yetmaganlar o’rtasida ro’y berayotgan turli jinoyatlar. to’g’risida batafsil ma’lumotlar berdi. Shu holatlarning oldini olish maqsadida talabalarning davomati doimiy tarzda nazorat etilishi, farzandining davomati uchun ota-onalar ham mas’ul ekanligini, O’zbekiston Respublikasining “ma’muriy-javobgarlik to’g’risida”gi kodeksida bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanganligini ta’kidladi. Shuningdek, ayrim og’ir jinoyatlar uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan huquqiy normalar to’g’risida ham ma’lumotlar berib o’tdi.

      Keyingi so’z navbati Mirobod tumani bo’yicha IIO FMB 1-sonli IIB boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik D.Xaydarovga berildi. U respublikamizda ta’lim sohasida katta islohotlar olib borilmoqdaligini, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’yilganligini, talaba-yoshlarimiz sog’lom turmush tarziga, sport bilan shug’ullanishga alohida e’tibor berishlari lozimligini, biron-bir foydali mehnat bilan shug’ullangan talabaning bekorchi mashg’ulotlarga, tartibbuzarliklarga vaqti bo’lmasligini, berilgan imkoniyatlardan foydalanib ilm egallashga, o’z kasbingiz bo’yicha yaxshi mutaxassis bo’lishga harakat qilishingiz lozimligini, yoshlar o’rtasida eng ko’p uchraydigan jinoyat bezorilik hisoblanishini, har bir fuqaro jamoat, jamiyatda belgilangan qoidalarga amal qilishlari lozim, lekin ayrimlar bu majburiyatlarni bajarishdan bo’yin tovlashini, jamiyatdagi osoyishtalikni, tinchlikni buzish, tan jarohati va moddiy ziyon yetkazish bezorilik hisoblanishini, ma’muriy, jinoiy javobgarlik belgilanganligini, undan tashqari yoshlar o’rtasida o’g’rilik, talonchilik, bosqinchilik jinoyatlari ham uchrashini, o’qotar va sovuq qurollarning bo’lishi, jabrlanuvchining o’limi yoki unga o’ta og’ir tan jarohati yetkazilishi jinoyatni og’irlashtiruvchi holatlar hisoblanishi haqida ma’lumot berdi. Mirobod tumani bo’yicha IIO FMB 1-sonli IIB XPB ve va YO’XPTEG katta inspektori, mayor D. Mirzaxanovga berildi. U yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish borasida bir qator profilaktik, tezkor profilaktik, targ’ibot ishlari olib borlayotganligini aytib o’tdi. Yoshlar tomonidan og’ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilayotganligi haqida ma’lumotlar berildi. Oilalarning parokandaligiga sabab bo’ladigan, milliy turmush tarzimizga zid bo’lgan, shaxsning halokatiga olib keladigan illatlardan biri bu giyohvandlik,ichkilik ekanligini aytib o’tdi.

  So’z navbati Mirobod tumani bo’yicha IIO FMB 1-sonli jinoyat qidiruv bo’limi xodimi, kapitan X. Yakubovga berildi. U o’z nutqida ba’zi oilalarda ota-onalarning mas’uliyatsizligi, ish bilan bo’lib, jamoatchilikning e’tiborsizligi tufayli huquqbuzarliklar sodir bo’lishini, ota-ona farzandi tarbiyasi va kamoloti uchun javobgarligini, ular o’z bolalarining sog’lig’i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilishlari lozimligi qonun hujjatlarida belgilanganligini, undan tashqari oliy ta’lim muassasasida ta’lim va tarbiya berish ishlari davom ettirilishini, institutda tahsil olayotgan talaba voyaga yetgan hisoblanadi va o’z hatti-harakatlari uchun javobgarligini gapirib o’tdi.
 Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’liq va batafsil javoblar olishdi.