O’ZLIGINGNI NAMOYON ET

  Toshkent davlat transport universitetida talabalar ta’lim olish bilan bir qatorda o’zlarining ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish imkonyati ham mavjud. 2020-yilning 22-dekabr kuni Umumta’lim fakulteti talabalar ishtirokida bo’lib o’tgan “O’zlingingni namoyon et!” nomli tadbir orqali yangi iste’dodlar kashf etildi.

  Tadbir davomida “Quvnoqlar va Zukkolar” jamoalarining chiqishlari, talabalar ijrosidagi kuy qo’shiqlar va raqslar tomoshabinlar kayfiyatini ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Shuningdek, talabalar hayotidagi quvnoq voqealar aks ettirilgan videoroliklar namoyish etildi. Yil yakuni sifatida tashkil etilgan konsert dasturida universitet rektori O.K.Abduraxmanov iqtidorli yoshlarni ilk qadamlar bilan tabriklab, “Yil talabasi – 2020” g’oliblarini taqdirladilar.