UNIVERSITET KUBOGI-2020

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 noyabr kuni Oliy ta’lim muassasalariga tekshirish imtihonlarida past ko’rsatgichga ega bo’lgan umumiy o’rta ta’lim maktablarini oliy ta’lim muassasalariga biriktirish va ularni ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo’yicha ishchi guruhi Majlisining 3-bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, universitetga biriktirilgan umumta’lim maktablari bilan imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan 2020 yil 23 dekabr kuni 218-sonli umumta’lim maktabining sport majmuasida o’quvchilar o’rtasida “Universitet kubogi -2020” sport musobaqasi tashkil etildi.

 Musobaqada Toshkent shahar Mirobod tumanidan 213, 214, 218, 154, 125-sonli umumta’lim maktablari, Toshkent viloyati Piskent tumanidan 35, 38, 40-sonli umumta’lim maktablari o’quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.Jamoalar sport musobaqasida to’pni qo’lda ushlagan holda yugurish, arg’imchoqda sakrab yugurib kelish, basketbol to’pini erga urgan holda yugurish, futbol to’pi bilan harakatlanib yugurish, basketbol to’pini savatga tashlash, arqon tortish turlari bo’yicha o’zaro bellashdilar.

 Musobaqa natijalariga ko’ra 1-o’rin 214-sonli umumta’lim maktabi jamoasi, 2-o’rin 218-sonli umumta’lim maktabi jamoasi, 3-o’rin 125-sonli umumta’lim maktabi jamosi qo’lga kiritishdi. Shuningdek, “Eng chaqqon”, “Eng epchil”, “Eng faol”, “Eng tezkor”, “Eng uddaburon” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblarlar aniqlandi. Musobaqa g’oliblari universitet tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.