“MEHRLI QO’LLAR” MEHR ULASHMOQDA…

 Toshkent davlat transport universiteti tomonidan dekabr oyi davomida “Mehrli qo’llar” aksiyasi tashkil etilib, aksiya doirasida turli hayriya ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2020-yilning 28-dekabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarga yangi yil bayram sovg’alari taqdim etildi. Universitetning bir guruh hodimlari, qorbobo va qorqiz ishtirokida bolajonlarga bayram kayfiyati ulashdilar. Bayram dasturi kuy-qo’shiqlarga va qiziqarli o’yinlarga boy tarzda o’tkazildi.