YANGI YILNI SPORT BILAN BOSHLAYMIZ!

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020- yil 30- oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Toshkent davlat transport universitetida qishki ta’til davrida professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar o’rtasida “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida universitet kasaba uyushma qo’mitasi tashabbusi bilan sport haftaligi tashkil etildi. 5-7-yanvar kunlari universitetda, 8-10-yanvar kunlari Toshkent viloyati Xo’jakent oromgohida professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazildi.

 Kasaba uyushmasi homiyligida Xo’jakent oromgohida  bo’lib o’tgan sport musobaqalarida, professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar 3 kun davomida nafaqat sport bilan shug’ullanishdi, balki madaniy hordiq olishdi. Dam olish maskanidagi  1-kunda universitet xodimlari kutib olinib, issiq va qulay xonalarga  joylashtirildi. Tantanali ochilish marosimi va kechki ovqatdan so’ng shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqalariga start berildi. Oromgohdagi 2-kun ham ajoyib tarzda Volleybol va arqon tortish sport musobaqalari bilan davom etdi. Kunning ikkinchi yarmida professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar “Amirsoy” dam olish maskaniga sayohat qilishdi. 3-kun esa DARTS sport musobaqasi bo’lib o’tdi va “Kiyik” bog’iga sayohat tashkil etildi.

 Yangi yilning boshidanoq sport bilan shug’ullangan  universitet professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar, yil davomida albatta sog’lom bo’lishlari va ish davomida ko’plab muvaffaqiyatlarga erishishlari kutilmoqda. Qolaversa, tashkil etilgan bunday sayohatlar xotiralarda butun umrga unitilmas bo’lib muhrlangan bo’lsa ajab emas. Buning uchun barcha universitet jamoasi nomidan kasaba uyushma qo’mitasiga minnatdorchilik bildiramiz!