SHOIR BOTIR ERGASHEV BILAN IJODIY UCHRASHUV

Joriy yilda yoshlarning kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini oshirish va ularning ijodiy qobilyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan  15-fevral kuni universitetimizda “Kòpriklar va tonnellar” kaferdasi hamda  yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari, bir nechta she’riy kitoblar muallifi,Davlat mukofotlari sohibi shoir Botir Ergashev bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Shoir yoshlar orasida mashhur bo’lgan “Mendirman”, “Allohimga aytib ber”, “Gar nolisak”, “Meni sevib qolsayding”, “Kundan kun yaxshi” kabi she’rlar muallifi.
Uchrashuvda shoirlikga qiziquvchi talaba yoshlar o’zini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va universitetimizning  yosh ijodkorlari o’z qalamiga mansub ijod namunalaridan o’qib berishdi.