Giyohvandlik – asr vabosi

Universitet qoshidagi 8-talabalar turar joyida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi transport prokurori Anvar Xayitboyev, Ichki ishlar vazirligi transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimi Melik-Guseynyan Armenak, Ichki ishlar vazirligi transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Toshkent boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi Kamoliddin Valiyev, Ichki ishlar vazirligi transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Toshkent boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori Orif Begatov, universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Dilshod Baratov hamda talabalar ishtirok etdi.

Mutaxassislarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari misollar bilan tushuntirildi. Giyohvandlik bilan bog’liq yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, uning oqibatlariga alohida to’xtalib talabalarni ogoh va xushyor bo‘lishga chaqirildi.

Shundan so‘ng jamiyatni eng xavfli va eng og‘ir oqibat, kulfatlarga olib keluvchi og‘u haqidagi videorolik qo‘yib berildi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berdi