Giyohvandlik va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

1, 2, 3, 4, 5- talabalar turar joyida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” hamda “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzularida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni prorektor Dilshod Baratov ochib berdi, tadbir mavzui, maqsadi hamda mutaxassis bilan tanishtirdi.

Xalq deputatlari, Toshkent shahar deputati, sotsiologiya fanlari doktori, professor Toshpo‘lat Matibayev taqdimot asosida mavzuni talabalarga atroflicha tushuntirdi.

Uchrashuv interfaol tarzda o‘tkazildi. Professor tomonidan berilgan savollarga javob bergan talabalarga muallifning kitoblari sovg‘a qilindi.