Profilaktik tadbir o‘tkazildi

5-A talabalar turar joyida jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasidan ehtiyot choralarini ko‘rishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda mahalla raisi Hikmatilla Uzoqov, profilaktika inspektorlari mayor Qobul Pardayev, Sherzod Kutimov, Mirzohid Mo‘minov hamda 52-oilaviy poliklinika shifokori Feruza Fayzullayevalar mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Suhbat so‘ngida talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.