Talaba-qizlarning san’at va sportga qiziqishi yanada ortdi

Ma’lumki, davlat rahbarining yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 5 ta muhim tashabbusi ilgari surilgan.

Toshkent davlat transport universitetida ham mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida turli master klass, to‘g‘arak, uchrashuv, davra suhbatlari, bellashuv, musobaqa va boshqa tadbirlar muntazam o‘tkaziladi.

Jumladan, 5-talabalar turar joyida talaba-qizlar bo‘sh vaqtini samarali, mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish maqsadida sportning tennis turi bo‘yicha muntazam musobaqalar o‘tkaziladi.

Talaba-qizlarning san’atga qiziqishini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida gitara cholg’u asbobida hamda chank, ovuzda kuy ijrosi sirlarini o‘rganadilar.

Shuningdek, qizlar taqinchoq yasash, soch turmagi sirlarini ham o‘rganmoqdalar.