TTJda profilaktik tadbir o‘tkazildi

Universitet 8-talabalar turar joyida Uchtepa tumani markaziy poliklinikasi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Unda poliklinika urolog shifokori Qosim G’aniyev ishtirok etdi.

Davra suhbati urologik kasalliklar diagnostikasiga bag‘ishlandi.

Tadbir avvalida shifokor mavzu yuzasidan ma’lumot berdi. Shundan so‘ng tadbir savol-javob tarzda davom etdi. Talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Tadbir talaba-yoshlarning tibbiy bilim va madaniyatining yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.