4-aprel — “Geologiya sohasi xodimlari kuni”

4-aprel “Geologiya sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan “Ko‘priklar va tonellar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalarning Davlat geologiya muzeyiga tashrifi tashkil etildi.

Muzeyda talabalar tabiatda uchraydigan tog‘ jinslari va minerallardan namunalar bilan tanishdilar. Geologik minerallarning paydo bo‘lish xususiyatlari hamda tarqalish hududi bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash kerak, mazkur muzey Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi tasarrufidagi muzey hisoblanadi. Muzey kolleksiyalari Oʻzbekistonda geologiya faoliyatining 75 yil mobaynida yigʻilgan katta hajmdagi materiallar hamda muzeyga sovgʻa sifatida taniqli geologlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy kolleksiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi tabiatini aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilgan. Muzey Davlat geologiya qoʻmitasining tadqiqot ishlari olib boradigan ilmiy va oʻquv markaziga aylandi. Muzey geologiya sohasidagi oliy va oʻrta taʼlim sistemasida oʻquv maʼrifiy ishlarni olib borish, turli chet el kompaniyalari va olimlarning muzey eksponatlari bilan tanishuvini tashkil etish va geologiya fani erishgan yutuqlarni keng targʻibot qilish bilan shugʻullanadi.