Odam savdosiga qarshi kurash

Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kapitani S Gaipnazarov hamda “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatini kafedra mudiri Ravshanjon Axmatjonov ochib berdi. “Kafedra kuni” munosabati bilan mutaxassis sifatida taklif qilingan kapitan С. Gaipnazarovni tanishtirdi va so‘z navbatini berdi.

Mutaxassis odam savdosi tushunchasi, uning turlari, qurbonlari va oqibatlari, jinoyatga qarshi kurashish, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar, jinoyatga jazo tayinlash, jinoyatni yashirganlik uchun javobgarlik xususida batafsil to‘xtaldi.

Kun tartibining ikkinchi rejasiga asosan videolavha qo‘yib berildi. Undan so‘ng munozara tarzda tadbir davom etdi.