Barokatlarga to‘la oy

8-talabalar turar joyida “Barokatlarga to‘la oy” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Abu-Talxa jome masjidi imom-xatibi Amrullo Farmonov ishtirok etib muborak oy fazilatlari, ushbu oyda qilishimiz kerak bo‘lgan amallar, ro‘za tutish odoblari, iftorlikning asl mohiyati xususida gapirib berdi.

Tadbir so‘ngida imom-xatibga talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirishdagi xizmatlari, hamkorlikdagi doimiy tadbirlar uchun “Tashakkurnoma” topshirildi.