Bolalik – ezgulikka to‘la lahzalar

Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shu sabab 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetiga biriktirilgan […]

“Zaminobod”da bayram shukuhi o‘zgacha bo‘ldi

O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan sanaladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga […]

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun faollar zalida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi. Unda Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasi mas’ul xodimi, podpolkovnik Farxod Muxamedov, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Oybek Daminov, Patrul-post xizmati Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Shoxrux Mirazimov, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan mutaxassislar […]

Butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och misoli. Shu munosabat bilan universitetda, biriktirilgan […]