Adolat, tenglik va qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyotining garovidir

Universitet faollar zalida talaba-yoshlar orasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Adolat, tenglik va qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyotining garovidir” mavzuida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, prorektorlar A. Gulamov, D. Baratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshlig‘i S.Xamidov, sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘lim boshlig‘i M. Xadjimuxamedova hamda mazkur yo‘nalish talabalari ishtirok etdi.

Prorektor Dilshod Baratov tadbirni ochib berdi, tadbir maqsadi bilan barchani yaqindan tanishtirdi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi Farmoni ijrosi yuzasidan universitetda “Коrrupsiyasiz soha” loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy mjalisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar mazmunini universitet jamoasiga yetkazishdan iborat.

Shundan so‘ng mutaxassislarga so‘z navbati berildi. Ular korrupsiya tushunchasi, unga qarshi kurash, ta’lim tizimini takomillashtirish, uning sifati, samaradorligini oshirish, talabalik safiga qabul qilish, o‘qish jarayonidagi sinovlar, bitiruv malakaviy ishlari yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish, magistraturaga qabul, shuningdek o‘qish joyini ko‘chirish, yo ’nalishini o‘zgartirish, qayta tiklashda korrupsiya holatlari, ijro intizomi, yuridik xizmat faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi xususida batafsil to‘xtaldilar.

Tadbirning ikkinchi qismida “Ta’limdagi ta’magirlik” nomli videofilm namoyish etildi va uning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.