Talaba qizlar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi

5-talabalar turar joyida Mirobod tuman IIB bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda katta inspektorlar Madina Jahonova, Maqsuda Kamolova, tarbiyachi-pedagoglar hamda talaba qizlar ishtirok etdi.

Mutaxassislar “Himoya orderi” tushunchasi, uni berish tartibi va muddati, bu boradagi qonun buzilishlari, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, gender tenglik tushunchasi, bu boradagi islohotlar, normativ hujjatlar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir so‘ngida talaba-qizlar o‘zini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.