Universitet jamoasi 2-o’rinni oldi

Joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent moliya institutida “Talaba va yoshlar forumi” doirasida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Nima? Qayerda? Qachon?” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Ushbu saralash o’yinida universitetimiz jamoasi ishtirok etib faxrli 2-o’rinni egalladi.

Saylov bu fuqarolik burchdir!

Joriy yilning 20-iyun kuni Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov “Birodarlik” mahallasidagi 147-maktabda – 230-saylov uchastkasida tashkil etildi va uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun universitet professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi. Ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan holda uchastka saylov komissiyasining saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari e’lon qilindi.