Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi universitetda

Toshkent davlat transport univetsitetiga Buyuk Britaniyaning O‘zbeksitondagi favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlot tashrif buyurdi. Nufuzli mehmonni prorektor A.Gulamov kutib oldi. Universitetning maqsad va vazifalari, o‘z oldiga qo‘ygan strategik missiyasi, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib berdi. Universitet va Buyuk Britaniya ta’lim tizimi o‘rtasida mustahkam va foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro loyihalarda hamkorlik qilish xususida […]

☝️”Transport” so’zining ma’nosini bilasizmi?

#bilasizmi   📖Transport (lotincha transporto — tashiyman) — ijtimoiy-moddiy ishlab chiqarish tarmogʻi, yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi. Quyidagi transportlar mavjud: ✅yer usti transporti ✅suv ✅havo   Telegram (https://t.me/tstu_online) Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz) Ap (http://manaviyat.tashiit.uz/) Instagram (https://www.instagram.com/tdtru_sirius_club/?hl=ru)

DIQQAT TANLOV!

O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Ustoz va murabbiylar kuni” mavzuida onlayn-audio-video va she’rlar tanlovi e’lon qilinadi. ☝️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar ijodiy ishlarini 15-sentyabrga qadar (@accteptance) yuborishlari lozim. 📞Savollar va murojaat uchun: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi 71 299-03-16 Batafsil 👉Nizomda Telegram (https://t.me/tstu_online) Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz) […]

Odam savdosi-davr muammosi

Talabalar o’rtasida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi insho” yo’nalishlarida ijodiy ishlar tanlovi o’tkazildi.  Quyida tanlovda ishtirok etgan talabalar ijodiy ishlari bilan tanishtiramiz. Annotatsiya: Payg‘ambarimiz (s.a.v) hadislarida: “Alloh taolo : Uch kishi borki, men ularga qiyomat kuni xusumatchiman. Mening nomimdan (ahd) beradigan va keyin hiyonat qiladigan kishi.Hur kishini sotib pulini […]

“Yangi O‘zbekiston- yangi qo‘shnichilik” maqolalar tanlovida ishtirok eting

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati maqolalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov joriy yilning 12 iyulidan, 12 sentabriga qadar bo‘lgan oraliqda chop etilgan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar bo‘yicha bir bosqichda o‘tkaziladi. Tanlov g’oliblarini aniqlashda quyidagi mezonlarga alohida e’tibor […]

Yoshlar sog‘lom turmush-tarzi tarafdori

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish, universitet va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida universitetda stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilib, universitet talabalari hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplom bilan rag‘batlantirildi.

Maqsud Shayxzoda haqida hujjatli film tayyorlanmoqda

☝️Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, adabiyot, maʼrifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan OTMga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi. 👩‍🎓Toshkent davlat transport universitetida oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyoshunos […]

Mahalla yoshlari o‘zaro bellashdi

Oliy ta’lim muassasalarining mahalla fuqarolar yig‘inlari va umumta’lim maktablari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti hamda universitet Yoshlar ittifoqi hamkorligida futbol musobaqasi tashkil etildi. Unda “Birodarlik”, “Yangi zamon”, “Sariko‘l” hamda “Banokatiy” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdi.