Yoshlar sog‘lom turmush-tarzi tarafdori

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish, universitet va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida universitetda stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilib, universitet talabalari hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplom bilan rag‘batlantirildi.

Maqsud Shayxzoda haqida hujjatli film tayyorlanmoqda

☝️Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, adabiyot, maʼrifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan OTMga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi. 👩‍🎓Toshkent davlat transport universitetida oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyoshunos […]

Mahalla yoshlari o‘zaro bellashdi

Oliy ta’lim muassasalarining mahalla fuqarolar yig‘inlari va umumta’lim maktablari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti hamda universitet Yoshlar ittifoqi hamkorligida futbol musobaqasi tashkil etildi. Unda “Birodarlik”, “Yangi zamon”, “Sariko‘l” hamda “Banokatiy” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdi.