Maqsud Shayxzoda haqida hujjatli film tayyorlanmoqda

☝️Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, adabiyot, maʼrifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan OTMga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi.
👩‍🎓Toshkent davlat transport universitetida oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyoshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha davomiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🎬Shuningdek, adib xotirasini mustahkamlash maqsadida “Erkka intilgan shoir” nomli hujjatli film olish ishlari ham boshlab yuborilgan. Film universitet, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda “First art” media studiyasi hamkorligida olinmoqda. Senariy muallifi va rejissor – Nurulla Narzullayev.
🎥Hujjatli film adib tug‘ilgan va ijod qilgan Ozarbayjon, Dog‘iston davlatlarida hamda Toshkent shahridagi shoir yashagan xonadon va mahalla, gazeta tahririyati, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Adiblar xiyobonida suratga olinmoqda.
📌Joriy yilning 6-iyul kuni filmga olish jarayonlarining yakuniy bosqichlari “Adiblar xiyoboni”da olindi. Unda universitet talabalari adib poyiga gul qo‘ydilar.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|App (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_online?r=nametag)|YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCYkq5ooTCUTU7f5cAQgC0HQ)