Yoshlar sog‘lom turmush-tarzi tarafdori

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish, universitet va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida universitetda stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilib, universitet talabalari hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplom bilan rag‘batlantirildi.