“Yangi O‘zbekiston- yangi qo‘shnichilik” maqolalar tanlovida ishtirok eting

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati maqolalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov joriy yilning 12 iyulidan, 12 sentabriga qadar bo‘lgan oraliqda chop etilgan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar bo‘yicha bir bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlov g’oliblarini aniqlashda quyidagi mezonlarga alohida e’tibor qaratiladi:

1️⃣-O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi pozitsiyasi va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini tahliliy yoritilganligi;
2️⃣-Mamlakatimizda barcha sohalarda o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida qo‘shni davlatlar bilan erishilayotgan yutuqlar, yangi hamkorlik aloqalarining mazmun mohiyatini ochib berilganligi;
3️⃣-Qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy-ijtimoiy siyosiy sohalardagi o‘zaro manfаatli hamkorlik aloqalarni sodda, xalqchil tarzda tushuntirib bera olganligi.

Eng yaxshi tahlil etilgan hamda belgilangan mavzuning mazmun mohiyati keng ochib berilgan 6ta maqola muallifi (3ta asosiy, 3ta rag‘batlantiruvchi) tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.

Tanlov g’oliblari qimmatbaho sovg’alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
🥇1-o’rin: 15 million so’m
🥈2-o’rin: 10 million so’m
🥉3-o’rin: 5 million so’m

Qo’shimcha 3 ta rag’batlantiruvchi o’rin mualliflari 3million so’m va pul mukofotiga ega bo’lishlari mumkin.

🤝 Imkoniyatni qo’ldan boy bermang, muvaffaqiyatlilar safida bo’ling!

📞Savollar va murojaat uchun: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi 71 299-03-16

BATAFSIL NIZOMda