⚡️Mehribonlik uyida “Mushoira kechasi” o‘tkazildi

#universitet_va_mehribonlik_uyi

 

📜Elektrotexnika va komputer muhandisligi fakulteti hamda Qurilish muhandisligi fakultetlari hamkorligida 30-Mehribonlik uyida davra suhbati tashkil etildi.

📌Tadbir davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitob – ilm xazinasi” mavzuida o‘tkazildi.

📗“Informatika va komputer grafikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N. Xodjayeva, G. Nishonova, H. Qayumov, F.Jumabayeva, Sh. Saidovalar hamda Qurilish muhandisligi fakulteti dekan o‘rinbosari F. Ma’murovalar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan kitobxonlik xususida mushoira va suhbat o‘tkazdilar hamda kitoblar sovg‘a qildilar.

🎤— Mazkur mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarni ko‘rish qiyin emas edi, — deydi katta o‘qituvchi Nodira Xodjayeva . — Buyuk adiblarimiz hayoti va ijodi haqida turli tillarda gapirib berishdi, asarlaridan namunalar keltirishdi, yoddan she’rlarini aytishdi, bu boradagi savollarimizga hech qiynalmay javob berishdi. Bunday tadbir, uchrashuvlarni o‘quv yili davomida doimiy o‘tkazishga kelishib oldik. Shuningdek, to‘qish sirlariga bag‘ishlangan to‘garak ham tashkil etishni rejalashtirdik.

📎Suhbat so‘ngida 30-Mehribonlik uyi direktori Feruza Usmonxo‘jayeva professor-o‘qituvchilarga o‘z tashakkurini bildirdi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)

Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)

Ap (http://manaviyat.tashiit.uz/)

Instagram (https://www.instagram.com/tdtru_sirius_club/?hl=ru)

YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCYkq5ooTCUTU7f5cAQgC0HQ)

Twitter (https://twitter.com/manaviyatt)