Universitetimiz ilk qaldirgʻochlarini uchirdi

#Bitiruvchi_2021

Universitet faollar zalida “Bitiruvchi-2021” taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori Odil Abduraxmonov ochib berdilar. Bitiruvchilarni qutlab, ularning keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab, diplomlarni topshirdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Azizjon Xamroliyev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Mutaxassislarni tayyorlash bosharmasi boshlig‘i Doniyor Musayevlar bitiruvchilarni tabriklab, hayot yoʻllarida omad, ishlariga muvaffaqiyatlar tilab diplomlarni tantanali topshirdilar.

Talabalar tomonidan ashulalar kuylandi, raqslar ijro etildi. Bu ishtirokchilar kayfiyatini yanada ko‘tardi.

Tadbir soʻngida talabalarning ota-onalariga ham soʻz navbati berildi. Ular quvonchining cheksizligini oʻz hissiyotlari orqali ifodalashdi. Farzandlari shunday darajaga yetishishi yoʻlida universitet rahbariyati va oʻqituvchilariga bergan taʼlim va tarbiyasi uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdilar.

Eldor Mustafoyev

Qurilish muhammandisligi fakulteti talabasi