Namunali murabbiylar taqdirlandi

Institut 346 auditoriyasida “Elektromexanika” va “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakultetlari murabbiylik faoliyati yuzasidan tajriba almashish maqsadida yig’ilish o’tkazdi. Unda fakultet dekan o’rinbosarlari, institut murabbiylar kengashi raisi va kengash a’zolari, professor – o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Ushbu seminarda “Elektromexanika” fakulteti guruh murabbiyi M. Valiev o’zining 2017- 2018 – o’quv yilida murabbiylik faoliyatida olib […]

Talabalar bilan yaqindan suhbat

Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D.X. Baratov, Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti dekani Z.SH. Tursunov, fakultet ma’naviy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari N.K. Aripov, fakultet murabbiylar kengashi raisi SH.U. Saidivalievlar TF-293, 295, 298, 299, 300, 303 va 305 – guruh talabalari bilan turli masalalar yuzasidan davra suhbati uyushtirdilar. Rahbarlar mavjud muammolar bilan qiziqdi, […]

Temiryo’lchi Doston – “Eng yaxshi video rolik”da birinchi

5 – iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston ekologik harakati faollari, parlament a’zolari, diplomatik korpus vakillari, ota-onalar va talaba – yoshlar ishtirok etdi. Bayram tadbirida ko’plab tanlovlar ham o’tkazildi. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari natijasida yuz berayotgan tabiiy ofatlarning oldini olish, salbiy […]

Faol murabbiylar taqdirlandi

Elektromexanika fakulteti 234 – auditoriyasida fakultet murabbiylariga murabbiylik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar uyushtirildi. Ushbu seminarni TTE va TL fakulteti murabbiyi Gulsanam Tilavboyeva taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qildi. Seminar so‘ngida 2017 – 2018 – o‘quv yilining birinchi semestri davomida o‘zining faol murabbiylik faoliyati uchun institut murabbiylar kengashi tomonidan murabbiylarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

O‘zbekiston temir yo‘l transport tizimida barkamol shaxs va malakali kadrlarni tayyorlash strategiyasi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “O‘zbekiston temir yo‘l transport tizimida barkamol shaxs va malakali kadrlarni tayyorlash strategiyasi” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi farmoni, “Oliy […]

“Talabalik bahori – 2018” festival g’oliblari Samarqandda

“Talabalik bahori” festival nizomiga ko’ra g’olib fakultet jamoasi yurtimiz tarixiy shaharlaridan biriga sayohat qilishi belgilangan edi. Navbatdagi festival g’olibi – “Qurilish” fakulteti jamoasi Samarqand shahrining tarixdan so’zlovchi obidalari, muqaddas qadamjolari bilan tanishib keldi. Jumladan, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Islom Karimov, Amir Temur, Shohi Zinda va Doniyor (Daniel, Daniil) paygʻambar maqbarasi yodgorlik majmualari, Bibixonim va Imom al-Buxoriy […]

Kechagi o’zlashtirishi past bo’lgan talaba bugun – a’lochi

Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan va intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazish – yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi. Darhaqiqat, oliy ilm dargohimizda talabalarga beminnat ilm berayotgan ustozlarning maqsadi ham shu. Imtihondan o’ta olmagan talabaga tanbeh berib, qalbida umidsizlikni uyg’otish ularga yot odat. Aksincha, bunday talabalar bilan yanada ko’proq individual ishlashni maqsad qilgan ustoz […]

Yoshlarga oid davlat siyosati g’arb va sharqda

Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti “Yoshlarga oid davlat siyosati g’arb va sharqda” nomli tadbir o’tkazdi. Unda fakultet dekan muovinlari, Murabbiylar kengashi raisi va a’zolari, TF – 307 – guruh talabalari va guruh murabbiyi ishtirok etdi. Tadbirda TF – 307 – guruh talabalari Buyuk Britaniya, Singapur, Tojikiston, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda O’zbekistonda yoshlarga oid […]

Ilm – ma’rifat rivojida Islom dinining o‘rni yuksak

Institut “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi anjumanlar zalida “Ilm – ma’rifat rivojida Islom dinining o‘rni” mavzuida davra suhbati tashkil etdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik. Dinlarni qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.R.Isoqjonov, prorektor D. X. Baratov, kafedra professor – o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Prorektor tadbir mavzui, maqsadi va mehmoni bilan tanishtirib, so’z navbatini […]