UNIVERSITET REKTORI ODIL KALANDAROVICHNING BAYRAM TABRIGI

Qadrli hamkasblar, aziz talaba yoshlar! Barchangizni kirib kelayotgan 2021-yil bilan muborakbod etaman! Biz yashayotgan ayni kunlarni darhaqiqat oddiy davr deb bo‘lmaydi. Jarayonlar rivoji har birimizga Vatan va xalqimiz oldida mas’uliyat yukladi. Harakatlar taraqqiyoti universitetimizni dunyo ta’lim hamjamiyatidagi o‘rnini chuqurroq anglashga majburlamoqda. Ushbu mas’uliyatli davr ilmiy-ma’rifiy sohaga innovatsiyalarni joriy etishga, yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga, xorij […]

“Maqsud Shayxzoda adabiy merosi va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va Maqsud Shayxzoda nomidagi o’quv zalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi

2020-yilning 5-noyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Geydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniy markazi, B. Osmonov nomli Jalol-obod davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi), Rossiyaning Toshkentdagi fan va madaniyat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida Maqsud Shayxzoda tavalludining 112 […]

UNIVERSITET BOSHLANG’ICH KASABA UYUSHMA TASHKILOTINI TUZISH BO’YICHA UMUMIY YIG’ILISH BO’LIB O’TDI

 2020 yil 23 oktyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotini tuzish va faoliyatini tashkil etish masalasida jamoa a’zolarining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Umumiy yig’ilish kun tartibiga ko’ra saylangan delegatlar tomonidan universitet kasaba uyushma tashkilotini tuzish, kasaba uyushma qo’mitasi a’zolarini saylash, kasaba uyushma qo’mitasi raisi va rais o’rinbosarini saylash kabi masalalarga ovoz berildi. […]

VATANNI MARDLAR QO’RIQLAYDI

 2020-yilning 11-yanvar kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hovlisida harbiy marsh va harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Harbiy marshda Qorovul qo‘shinlari tarkibidagi 7531 harbiy qism, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya qo‘shinlari, “Temurbeklar maktabi” ofitserlar va tinglovchilari ishtirok etishdi.  Marosim tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mudofaa qudratini mustahkamlashga ko‘maklashish, yoshlarni Vatanni himoya qilishga tayyorlash, ular o‘rtasida Vatanni […]

Eshitdingizmi, Doston g’olib bo’ldi?!

Xabaringiz bor, joriy yilning 5 – iyun – Jahon atrof – muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazilgan edi. Bayram tadbirida tanlovlar ham o’tkazilgan va “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya” tanlovida institutimiz talabasi Doston Saidov ilmiy rahbari t.f.d.,dotsent Dilnoza Jumayeva bilan birgalikda tayyorlagan […]