YOSHLAR ITTIFOQI BT FAOL YOSHLARI TOMONIDAN QO‘YLIQ OTA QABRISTONI OBODONLASHTIRILDI

 14-15-mart kunlari respublikamizda e’lon qilingan umumxalq hashari munosabati bilan  14- mart kuni Temir yo‘l muhandislari instituti Yoshlar ittifoqi BT faol yoshlari Toshkent shahridagi Qo‘yliq ota qabristonini obodonlashtirish ishlariga ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi. Yoshlar qabriston atrofini chiqindilardan tozalash va tartibga keltirish kabi xayrli ishlarni amalga oshirishdi.

UMUMXALQ HASHARI DAVOM ETMOQDA

 Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.  Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarning ongu shuuriga chuqur singdirish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samaralarini berdi.Milliy bayramlarimiz arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va tozalik oyligi, umumxalq hayriya […]

SUMALAK SAYLI

 Mana biz orziqib kutgan fasllar kelinchagi bahor ham kirib keldi. Bahorda Navro‘z arafasida turli milliy taomlarni tayyorlash an’anaga aylangan. 2020-yilning 13-mart kuni Toshkent temir yo‘l institutida “Sumalak sayli” bo‘lib o‘tdi. Saylda doshqozonlarda sumalak, osh pishirildi va barcha institut bo‘limlariga, TTJ talabalariga tarqatildi.  Bahorda organizmimiz vitaminli mahsulotlarga muhtojlik sezgani bois ham, biz sumalakning foydasi xususida so‘z […]

8-MART XALQARO XOTIN QIZLAR KUNI INSTITUTDA KENG NISHONLANDI

 6-mart 2020-yil institut faollar zalida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali yig‘ilish o‘tkazildi. Tantanalarga institutda faoliyat olib borayotgan barcha ayollar va talaba-qizlar taklif etildi. Marosimda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Gulamov rektor tabrigini o‘qib eshittirdi. ] Shuningdek, bayram dasturida Shuhrat Daryo ham ishtirok etdi.  Tadbirda institut hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati […]

MAQOM KECHASI

 Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.   Mamlakatimizda milliy musiqa san’atini ravnaq toptirish, uning boy an’ana va maktablarini asrab-avaylash, yanada boyitish, ustoz san’atkorlar faoliyati, ijodiy […]

ZULFIYAXONIMNING 105 YILLIK TAVALLUDIGA BAG‘ISHLAB TADBIR O‘TKAZILDI

 29 -fevral 2020-yil  Qurilish fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi BT yetakchisi N.B.Ruzieva tomonidan O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning 105 yillik tavalludiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Institut Murabbiylar kengashi raisi F.I.Mamurova TTE va TL fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi BT yetakchisi M. Botirova, ko‘priklar va tunnellar kafedrasi katta o‘qituvchisi Z. Mirzaeva va talabalar taklif etildilar.  Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Sh.Xodjaeva institutida ta’lim olayotgan […]

RUHAN SOG‘LOM BO‘LING

 24 fevral 2020 yil Institut psixologi R.Baratova, xotin-qizlar qo‘mitasi  N.Sh.Xodjaeva va M.M.Botirova bilan birgalikda Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha  5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, epchillik, chaqqonlik va taffakurni rivojlantirish maqsadida “Ruhan sog‘lom bo‘ling” mavzusida seminar trening o‘tkazdi.

“Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi o’tkazildi

 Respublikamizning OTM lari o‘rtasida ilk bora o‘tkaziladigan “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi Toshkent temir yo‘l instituti kafedralari talaba qizlari  o‘rtasida ham bo‘lib o‘tdi.  “Elektr ta’minoti” kafedrasi talaba qizlari  2020-yil 19-fevral kuni o‘zaro bellashdilar. Tanlovda TV-702″b”guruh talabasi Shodmonova Marjona, TV-699  guruh talabasi Gulomova Rohila, ET-758 guruh talabasi Turdaliyeva Nodira 3 ta shart bòyicha ishtirok etishdi. […]

“NAVOIYXONLIK VA BOBURXONLIK” BADIIY KECHASI

 Yoshlarimizning vatanparvar, ma’naviyatli shaxs bo‘lib ulg‘ayishida ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosi, ma’naviy xazinasi katta o‘rin tutadi. Jumladan, fevral oyida keng nishonlanadigan Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan har ikki allomaning adabiy merosini yanada kengroq o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi.  Joriy yilning 14-fevral kuni institut faollar zalida “Navoiyxonlik va Boburxonlik” […]

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 579 YILLIGI VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 537 YILLIGI

 Davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bunga ko‘ra toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.    Ushbu tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 […]