Saylov boshlandi

Institut xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda Murabbiylar Kengashi raisligiga saylovlar boshlab yuborildi. Institut jamoasini saylovda faol ishtirok etib, munosib nomzodga ovoz berishga chaqiramiz.

Namunali murabbiylar taqdirlandi

Institut 346 auditoriyasida “Elektromexanika” va “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakultetlari murabbiylik faoliyati yuzasidan tajriba almashish maqsadida yig’ilish o’tkazdi. Unda fakultet dekan o’rinbosarlari, institut murabbiylar kengashi raisi va kengash a’zolari, professor – o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Ushbu seminarda “Elektromexanika” fakulteti guruh murabbiyi M. Valiev o’zining 2017- 2018 – o’quv yilida murabbiylik faoliyatida olib […]

Faol murabbiylar taqdirlandi

Elektromexanika fakulteti 234 – auditoriyasida fakultet murabbiylariga murabbiylik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar uyushtirildi. Ushbu seminarni TTE va TL fakulteti murabbiyi Gulsanam Tilavboyeva taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qildi. Seminar so‘ngida 2017 – 2018 – o‘quv yilining birinchi semestri davomida o‘zining faol murabbiylik faoliyati uchun institut murabbiylar kengashi tomonidan murabbiylarga tashakkurnomalar taqdim etildi.