Sog’lom turmush tarzi targ’iboti davom etadi

Institut 416-auditoriyasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS infeksiyasi, giyohvandlik va odam savdosining oldini olishga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Unda jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy taqdiqot instituti valeologiya bo‘limi boshlig‘i Nargiza Rasulova, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazining vrach – laboranti Dilbar Ermatova, Toshkent shahar narkologiya dispanseri vrachi Nargiza Babajanova, Toshkent […]

Soxta g’oyalarga ergashtiruvchi da’vatdan ogoh bo’laylik

Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi hamkorligida “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q” va “Diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik – davlat va jamiyatga tahdid” mavzularida profilaktik tadbir o’tkazildi. […]

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichida institut talabasi ishtirok etdi

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida Mirobod tuman xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi. Mazkur tanlov mamlakatimizda mo’tabar ayol zotiga munosib hurmat – ehtirom ko’rsatish, ularning jamiyatimizdagi o’rni va nufuzini oshirish, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o’zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o’rnak bo’lib kelayotgan qizlarni rag’batlantirish maqsadida […]

Tadbir zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi

Oliy ilm dargohimizning faollar zalida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o’rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilishga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda O’zbekiston musulmonlar idorasi vakili, Toshkent shahar bosh imom xatibi o’rinbosari Jasurbek Raupov hamda institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha […]

Talabaligim

Sen birla boshlandi maqsadlar boshi, Quvonchdan porladi ko‘zimning yoshi, Oltinga teng bo‘lgan umrim quyoshi, Intizor kutganim talabaligim.   Mehr bilan boqdi bu kun yulduzlar, Go‘yo ular ham chindan meni tabriklar, Sen bilan yashnadi qalbimda gullar, Yillar qumsaganim talabaligim.   Ostonangni ko‘zga surtib borarman, Qadrlaganimsan, oltin davrimsan, Qadamlarim endi katta tashlarman, Mustahkam kelajak poydevorimsan, Senga yetishganim […]

Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda

Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda to’rtinchi va beshinchi talabalar turar joylarida “Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati”, “Sog’lom ovqatlanish qoidalari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Unda institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi va kengash a’zolari, “Ibn Sino” salomatlik markazi rahbari hamda tarbiyachi – pedagoglar, talabalar ishtirok etdi. Suhbatni institut xotin – qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi […]

Mastura – “Oliy o’rin” sohibasi bo’ldi

Institut faollar zalida “Zebolar bahsi – 2018” an’anaviy tanlovi o’tkazildi. Tanlov “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati xotin – qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo’l mintaqaviy tashkiloti, Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi hamda yetakchilar Kengashi hamkorligida tashkil etildi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab – quvvatlash yili” Davlat dasturi, 2018 – […]

Ajdodlarimiz merosiga, milliylikka qaytishimiz zarur

“Ekstremizm girdobiga tushib qolgan insonlar, hududlarni, ularning ayanchli taqdirini o’z ko’zim bilan ko’rganman. Bu yerlarda yashaydigan insonlar qalbida, ko’zida faqatgina bitta narsani ko’rish mumkin: tinchlikka intilish, yaratgandan tinchlikni so’rash, tinchlik, tinchlik va yana tinchlik….”. Yuqoridagi fikrlarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Irgash Daminov talabalar bilan o’tkazilgan davra suhbatida keltirdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat […]

Milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi yanada jo’sh urdi

Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan “Shashmaqom” YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro‘yxatiga […]

Ijodiy uchrashuv kitob o’qishga undadi

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Kitob – ilm xazinasi” mavzuida uchrashuv tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, yoshlarning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish, kitob o‘qishga da’vat etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish […]