YONG’IN XAVFSIZLIGI VA UNI OLDINI OLISH

 2019-yil 10-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifatli yangicha tizimini tatbiq etish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13- noyabr kuni Talabalar shaharchasi 1, 2, 3, 4, 5-sonli Talabalar turar joyida yashovchi barcha talabalari uchun Yong‘in xavfsizligi va uning oldini olishga qaratilgan […]

BAYROQ QABUL QILINGANLIGINING 28 YILLIGI KENG NISHONLANDI

2019-yil 18-noyabr  “O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun”i munosabati bilan talaba yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakat tarixi va millat qadriyatlariga hurmat hamda insoniylik tuyg’ularini shakllantirish maqsadida institutda “Bayrog’im-sha’nim, g’ururim!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda harbiy qism orkestri va Temir yo’l Madaniyat saroyi san’atkorlari  o’z kuy-qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, “Yil talabasi-2019” tanlovida g’oliblikni qo’lga […]

UNIVERSIADA-2019

 O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi va O’zbekiston “Barkamol avlod” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamkorlikda an’anaviy tarzda “Universiada” sport musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda.  Joriy yilning 6 noyabr kuni  Toshkent temir yo’l instituti talabalari “Universiada-2019” Toshkent shahar bosqichida sportning kurash turi bo’yicha faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.    Jumladan, “TEL- […]

Huquqbuzarlikning oldini olishga barchamiz mas’ulmiz

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida jinoyatchilik, giyohvandlik va narkojinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori D.X. Baratov  talabalarni o‘qishga qabul qilinganliklari bilan tabriklab ochib berdi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad talaba-yoshlar orasida […]

“Yil ayoli” milliy tanlovining g’oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 29 iyul kuni “O’zbekiston temir yo’llari” AJ  Xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Yil ayoli” milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur  tanlovda Institutimizning Qurilish fakulteti Xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Ro’ziyeva N.B. 2-o’rin, Iqtisodiyot fakulteti boshlang’ich tashkilot yetakchisi Qurbanova M.M.”Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda qo’shgan hissasi yil ayoli” nominatsiyasi va Tillar kafedrasi dotsenti   Kamilova “Yilning eng […]

60-umumta’lim maktab o‘quvchilariga “o’zbek milliy raqs” sirlari o’rgatilmoqda

2019 yil 19 martda Prezidentimiz tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha  bugungi kunda yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,  yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni […]

Institutimiz rektori M. X. Rasulov haqida so‘z

Ma’rufjon Xoliqovich Rasulov yurtimiz poytaxtida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Bo‘lajak rektor 17 yoshida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga talabalikka qabul qilinar ekan, o‘z taqdirini bundan buyog‘iga “temir yo‘l instituti” so‘zlari bilan bog‘liq bo‘lishini belgilaydi. M.X.Rasulov 1981 yildan mehnat faoliyatini boshladi va institutda barcha kasbiy rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi: asisstent, dotsent, laboratoriya mudiri, ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, […]

2019 yil 4 iyul kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida magistr va bakalavrlarga bitiruv diplomlari topshirildi.

2019 yilning 4 iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari ishtirokida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida magistr va bakalavrlarga diplom topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi. Marosimda institut rektori Ma’rufjon Rasulov bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab nutq so‘zladi va yig‘ilganlarni hayotlaridagi muhim bosqich […]

YOSHLAR YOT G‘OYALARNI YOQLAMAYDI

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 30 may kuni talaba-yoshlari ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori U.T. G‘ofurov, O‘zbekiston Respublikasi DXX xodimi B. Babashev, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K. Azimov va bo‘lim […]