Xalqaro seminar o’z ishini boshladi

Ayni paytlarda institut faollar zalida payvandlash va metallarni kesishda zamonaviy texnologiyalari. Payvandlash ishlari sifatini, ta’sirchanligini oshirishga bag’ishlangan xalqaro seminar o’z ishini boshladi. Unda MDH va Rossiya davlatlaridan mutaxassislar, institut professor – o’qituvchilari, talaba – yoshlar va jurnalistlar ishtirok etmoqda. Eslatib o’tamiz, mazkur seminar Shvetsiya ESAB Коnsernining O’zbekistondagi yagona distribyutori hisoblanuvchi “General Welders” MCHJ bilan hamkorlikda […]

Milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi yanada jo’sh urdi

Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan “Shashmaqom” YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro‘yxatiga […]

Ijodiy uchrashuv kitob o’qishga undadi

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Kitob – ilm xazinasi” mavzuida uchrashuv tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, yoshlarning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish, kitob o‘qishga da’vat etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish […]

Talaba – qizlar o’zaro bellashdi

“Qizlar kuni” munosabati bilan institut xotin – qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti, kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi hamkorligida sport musobaqalari tashkil etildi. Talaba qizlar o’rtasida o’tkazilgan musobaqalar sportning tennis, shaxmat – shashka turlari bo’yicha tashkil etildi. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash […]

“Yil talabasi” g’oliblari aniqlandi

Demak, institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil talabasi” respublika tanlovining institut bosqichi yakuniga yetdi. Ta’kidlash kerak, tanlovni institut “Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha prorektori Dilshod Baratov raisligdagi komissiya a’zolari baholab bordi: Sh. Suyunbayev, I. Xolboyev, F. Azimov, A. Merganov, A. Sotvoldiyev, D. Radjabbayev, N. Aripov, N. Axmedov va A. Jalilov. Ma’lum qilganimizdek, tanlov “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha […]

“Yil talabasi”: jarayon qizg’in tus olmoqda

Institutda jamiyatga va davlatimizga yetuk yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va intellektual salohiyatini oshirish hamda ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, talabalarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik qobiliyatini qaror toptirish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish, talabalik nufuzini oshirish maqsadida “Yil talabasi” […]

Zamonaviy bilimlar bilan yo‘g‘rilgan yuksak insoniy fazilatli bo’lishga chaqirildi

Murabbiylar kengashi raisi Feruza Ma’murova, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nodira Xodjayeva hamda “Informatika va komputer grafikasi” kafedrasi assistenti Gulnoza Nishonova tomonidan 3 – talabalar turar joyida “Qurilish” fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan suhbat o’tkazildi. Suhbatda so’zga chiqqanlar talabalarga odob – axloq, yuksak ma’naviy – axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mas’uliyatini his etadigan, […]

Tadqiqot, ta’lim va madaniyat aloqalari mustahkamlanmoqda

Sharqiy Xitoyning Jiaotong universiteti prorektori Fan Yong rahbarligidagi delegatsiya o’zaro manfaatlarni ifodalovchi tadqiqot, ta’lim va madaniyat aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida oliy ilm dargohimizga tashrif buyurdi. Delegatsiya zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalari, ilmiy laboratoriyalar, institut muzeyi, talabalar turar joylari bilan tanishdi. Shuningdek, delegatsiya tarkibidagi malakali professor – o’qituvchilar tomonidan ilmiy kengashlar zalida […]

Hamkorlik memorandumi imzolanadi

Ayni kunlarda Sharqiy Xitoyning Jiaotong universiteti delegatsiyasi institutimizda mehmon bo’lib turibdi. Bugun ushbu universitet va Toshkent temir yo’l muhandislari instituti o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, ikki ta’lim muassasasi o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun hamkorlik memorandumini imzolaydilar.

Talabalikka bag‘ishlov

Institut faollar zalida “Talabalikka bag‘ishlov” nomli konsert dasturi o’tkazildi. Unda prorektorlar, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i va bo‘lim xodimlari, Yoshlar ittifoqi BT faollari, institut xotin-qizlar qo‘mitasi BT va kasaba uyushma qo‘mitasi BT a’zolari, professor-o‘qituvchilar, Murabbiylar kengashi a’zolari, talabalar shaharchasi ma’muriyati, fakultet dekanlari, muovinlari hamda talabalar ishtirok etdi. Talabalik oltin davr […]