Fakultetlar

O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishlarini, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnika Davlat Qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ me’yoriy hujjatlarini, institut Ustavini, ilmiy Kengash qarorlarini, institut rahbariyati buyruqlari va ko’rsatmalarini hamda institutning xizmat vazifalarini olib boradi.
Xususan:
– O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni;
– O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’limining davlat ta’lim standarti;
– O’quv reja tuzish tartibini;
– O’quv ishlari hujjatlarini to’g’ri yurgizishini;
– Faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilimni;
– Muloqot odobini;
– Yetakchilik, ijodiy qobiliyat, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, institut strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlarini;
– Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda hujjatlarni tizimlashtirish, hisobga olish va yuritish tartibini;
– Ichki tartib qoidalarini;
– Hujjatlar bo’yicha ish yuritish tartib qoidalarini;
– Ma’murchilik asoslarini.
Fakultet “Ma’naviyat” markazining ishiga rahbarlik qiladi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’tkazadi, jumladan talabalar turar joylarida ham.

Jalilov Arslon Xoshimovich
Iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini
Tel. 71 299-04-27

Abduvahobov Muslimbek Elbekovich
Elektromexanika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini
Tel. 71 299-05-83

Aripov Nodir Kadirovich
Tashishni tashkil etish va transport logistika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini
Tel. 71 299-06-34

Axmedov Nurali Odilovich
Qurilish fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini
Tel. 71 299-06-50

Fakultetlar yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini vazifalari
1. Fakultet “Ma’naviyat” markazi ishini boshqaradi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’tkazadi, jumladan, talabalar turar joylarida (TTJ).
2. O’zbekiston bayramlari – Mustaqillik bayrami, O’qituvchilar va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Xotin – qizlar kuni, Navro’z, Ramazon va Qurbon hayitlari, “O’zbekiston – Vatanim manim” qo’shiq bayrami, sport musobaqalari va boshqa yirik tantanalar mohiyatini ochib beruvchi tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
3. “Fidoiy yoshlar” klubini tashkil etadi.
4. Fan, madaniyat, adabiyot, sa’nat, islom ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan ulug’ allomalarimiz, shuningdek institut olimlari tavallud sanalarini maxsus rejalar asosida fakultet talabalari keng ishtirokida nishonlashni tashkl etadi va o’tkazadi.
5. Taniqli olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sa’nat namoyondalari, mahalliy hokimiyat xodimlari va o’quv yurtining hurmatga sazovor professor-o’qituvchilari ishtirokida tadbirlarini ishlab chiqadi va o’tkazib boradi.
6. Fakultet bilan korxona, tashkilot, huquq targ’ibot idoralari, san’at va madaniy muassasalar, xususiy korxona va firmalar o’rtasida ma’naviy va ma’rifiy ishlar sohasida manfaatli hamkorlik shartnomalari tuzadi va ularni amalga oshiradi.
7. Ta’lim va tarbiya jarayonida “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning barkamol avlod tarbiyalashdagi strategik maqsad va vazifalarini yoritib boradi hamda “Yoshlar ittifoqi”, “Iste’dod” va boshqa jamg’armalarni keng targ’ib qilish orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning mamlakat kelajagi uchun ahamiyatini ko’rsatilishini ta’minlaydi.
8. Muloqot soatlarini tashkil etadi va guruh murabbiylarini axborot materiallar bilan ta’minlaydi.
9. TTJda fakultet talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi va o’tkazadi.
10. TTJda yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o’rganib, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
11. Ijarada yashovchi talabalar bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yadi.
12. Institut va TTJ hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
13. Turli ko’rik-tanlov, sport musobaqalarida talabalarning ishtirokini ta’minlaydi.