Kasaba uyushma qo‘mitasi

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti kasaba uyushmasi, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, Mirobod akademik litseyi, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻl markazining barcha professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlarini birlashtirib turgan jamoat tashkiloti hisoblanadi. Ayni vaqtda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti kasaba uyushma a’zolari soni 968 kishini tashkil etadi.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti kasaba uyushmasi “Ma’muriyat”, “1-Xoʻjalik boʻlim”, “2-Xoʻjalik boʻlim”, “Iqtisodiyot” fakulteti, “Qurilish” fakulteti, “Elektromexanika” fakulteti, “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakulteti, “Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻl markazi”, “Mirobod” akademik litseyi kabi 9 ta guruh uyushmalaridan iborat. Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti kasaba uyushmasida shtat asosida rais, bosh hisobchi, ish yurutuvchi faoliyat yuritib kelmoqda.

Kasaba uyushma qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlari, “Fuqarolik kodeksi”, “Mehnat kodeksi”, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi ustavi asosida oʻz faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti kasaba uyushma qoʻmitasi Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi “Tapmoq kelishuvi” hujjati asosida tuzilgan “Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti 2018-2020 yillar uchun jamoa shartnomasi”ni ish beruvchi bilan birgalikda imzolagan.
Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti kasaba uyushma qoʻmitasi har bir a’zosining mehnat qilish, adolatli mehnat sharoitida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish kabi konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, muassasada mehnatga haq toʻlash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga erishish, jamoa shartnomasining tuzilishiga va uning bajarilishi ustidan nazoratini amalga oshirish, jamoa shartnomasi orqali a’zolarga kafolat va imtiyozlarning saqlab qolinishi va kengaytirish, muassasada mehnat qonunchiligi, mehnat va atrof muhitni muhofaza qilish qonunlari, qoida, me’yorlariga rioya etilishi, ijtimoiy muloqot hamda ijtimoiy sherikchilik yoʻlga qoʻyilishi, xodimlar malakasini oshirilishi hamda kasb jihatidan qayta tayyorlashning tizimli olib borilishi, xodimlar, ayniqsa yoshlarni mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchi, mahalliy davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, xodimlar uchun madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining oʻtkazilishiga erishish, kasaba uyushma a’zolari va ularning oila a’zolari sogʻlamlashtirilishini tashkil etish kabi maqsadlarni amalga oshirish uchun faoliyat yuritadi.