Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan
Xususan:
– Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;
– Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari;
– “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqea va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.
– Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi mavjud;
– “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmumni o’tkazish maqsadida institut jismoniy tarbiya kafedrasi bilan hamkorlikda 14 ta sport turi bo’yicha to’garaklar hamda institut iqtidorli talabalar bilan ishlash koordinatori bilan hamkorlikda 20 dan ortiq fan to’garaklari tashkil etilgan.
Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni ma’naviy ongini shakllantirish hamda ma’nan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida barcha talabalar turar joylarida zamonaviy “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi tashkil etilgan. Talabalar kitob mutolaa qilishi, gazeta va jurnal o’qishi, aqliy salohiyatlarini oshirish maqsadida debatlar tashkil etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“TALABALAR SHAHARCHASI”Masharipov Ma’sud No’monjonovich

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Talabalar shaharchasi” direktori
Tel. 71 299-02-51
Vazifalari
1. Talabalar turar joyida xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ishlariga bevosita rahbarlik qiladi.
2. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar va talabalar kengashi faoliyatini muntazam ravishda nazorat qiladi va ko’rsatmalar berib boradi.
3. Talabalar turar joyida namunali faoliyat olib borgan talabalarni keyingi o’quv yilida talabalar turar joyiga joylashtirishga tavsiya beradi.
4. Talabalar turar joyida xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga nisbatan mukofotlash va intizomiy ta’sir ko’rsatish choralarini qo’llash bo’yicha takliflar kiritadi.
5. Talabalar turar joyida yashovchilarga namunali normalarga muvofiq zarur jihoz va inventarlar berilishini, ko’rpa-to’shak jihozlarini sanitariya qoidalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan almashtirishni nazorat qiladi.
6. Talabalar kengashining yashash sharoitlarini yaxshilash bo’yicha taklif va mulohazalarini hisobga olib boradi

Xidirov Jasur Erkinjon o’g’li
Talabalar Kengashi raisi
Tel. 71 299-02-51
Vazifalari:
1. Institut Ustavi, talabalar turar joyi nizomi va ushbu nizomni barcha yashovchilar tomonidan so’zsiz bajarilishini ta’minlash.
2. Talabalar turar joyida yashovchilar o’rtasidagi yoki yashovchilar va talabalar turar joyi ma’muriyati o’rtasida yuzaga keladigan mojaroli holatlarni hal qilish.
3. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish masalalarida ishtirok etish.

Zakirova Kamila Muzaffarovna
“Talabalar shaharchasi” 1-talabalar turar joyi mudirasi
Tel. 71 299-07-73

Arnaut Svetlana Mixailovna
“Talabalar shaharchasi” 2-talabalar turar joyi mudirasi
Tel. 71 299-06-33

Krasenkova Tatyana Nikalayevna
“Talabalar shaharchasi” 3-talabalar turar joyi mudirasi
Tel. 71 299-02-32

Kashayeva Zulfiya Erkinovna
“Talabalar shaharchasi” 4-talabalar turar joyi mudirasi
Tel. 71 299-05-86

Zastavnyuk Svetlana Vladimirovna
“Talabalar shaharchasi” 5-talabalar turar joyi mudirasi
Tel. 71 299-05-84

Talabalar turar joyi mudirasi vazifalari
1. Talabalar turar joyidagi barcha jihozlarni yaroqliligini ta’minlaydi.
2. Talabalar turar joylari navbatchilari faoliyatini nazorat qiladi.
3. Yashovchilarga namunali normalarga muvofiq zarur jihoz va inventarlar berilishini, ko’rpa-to’shak jihozlarini sanitariya qoidalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan almashtirishni ta’minlaydi.