Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 Nizomi

 I.Umumiy qoidalar.

   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi 1996 yil 9 sentyabr 1559-sonli farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1996 yil 16 sentyabrdagi 221-sonli buyrug’iga asosan yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashkil etildi.

     Ushbu bo’lim universitet ta’lim tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “ma’naviy-ma’rifiy” tizimga rahbarlik qilish, bu sohada olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ilg’or tajribalardan foydalangan holda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha zarur ilmiy-uslubiy mavzuidagi adabiyotlarni tayyorlash, chop ettirish, barcha soha xodimlarining o’qishlarini tashkil etish, har xil to’garaklar, sport, jamoat klubi, uchrashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarixiy an’analarga, Vatanga muxabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, mustaqillik ruhini, ma’naviyat sohadagi yutuqlarimizni talabalarga keng tushuntirish, yangi turdagi etuk davr talabiga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ma’naviy-madaniy, ahloqiy-ruhiy jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limining bosh vazifasidir.

II.Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limining maqsadi:

      Talaba yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma’naviy va madaniy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan malakali mutaxasis, insonparvar shaxs sifatida tarbiyalash, bo’lajak mutaxasisliklarda mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlashni o’z-o’zini anglashning ahloqiy asoslarini, mantiqiy fikrlashni, jamoani boshqarish malakalarini shakllantirishni, ularni, hayotda o’z o’rnini topish, o’z taqdirini o’zi belgilashni, keladakka bo’lgan ishonchni, mamlakatimiz kelajagini, buyukligini barcha sohalardagi erishayotgan yutuqlari bilan tushuntirib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

III. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishining asosiy yo’nalishlari:

– Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;

– Talabalar milliy g’ururini shakllantirish;

– Xalqimiz qadimiy urf odatlarining eng yaxshilarini tarannum etish va boyitib borish;

– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;

– Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi munosabati bilan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga talabalarni tayyorlash;

– Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosati talabi darajasidagi yosh mutaxasisilarni tayyorlash bo’yicha ish olib borish;

– Talabalarda kasb xunarni egallashga ma’suliyatni oshirish;

– Milliy, oilaparvar, ota-ona, qo’ni-qo’shni, mahalla, el-yurt oldidagi burchlarini anglashga bo’lgan munosabatni tarbiyalash;

– Talabaning shaxs sifatidagi, o’ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;

  1. Talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o’qishga va kasbga bo’lgan hurmat va ijtimoiy ma’sullik hissini keng targ’ib qilish;
  2. Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, ularninng bilim olishlar va sog’lom hayot kechirishlari uchun barcha qulayliklar yaratish;
  3. Talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlarini kengaytirish.
  4. Jamiyatdagi salbiy illatlar, ya’ni adolatsizlik, ko’zbuyamachilikka, poraxo’rlikka, tanish-bilishchilik va mahallachilik kabi illatlarga qarshi kurash;
  5. Xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlar o’rtasida mafkuraviy imunitetni qaror toptirish;
  6. Manzillashgan ma’naviy-ahloqiy ishlarni takomillashtirib borish.

 Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limining vazifalari

 – Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonidagi boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;

– Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim vazirligining buyruq va ma’lumotlarini shuningdek “ta’lim to’g’risida”gi qonunda va “kadralar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni talabalarga, gurux murabbiylarga va professor-o’qituvchilarga o’z vaqtida etkazishni, tashkil etish;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni talabalarga, professor-o’qituvchilarga o’z vaqtida etkazish, har tomonlama tushuntirish ishlarini tashkil etish;

– Ustoz-shogird tizimini takomillashtirib borish tizimini yo’lga qo’yish;

– Ustoz-murabbiylar tomonidan o’tkazilayotgan murabbiylik soatlarini samarali o’tkazilishini ta’minlab borish;

– Universitetda o’tkaziladigan “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining mazmunli o’tkazilishini tashkil etish;

– Turli xildagi tarbiyaviy yo’nalishdagi uchrashuvlar o’tkazish;

– Huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida xuquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash tizim takomillashtirib borish;

– Talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalariga oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo’llanmalar tayyorlab borish va ularni chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar bilan ta’minlash;

– Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish;

– Talabalar turar joyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borishni tashkil qilib borish;

– Universitetda sport-sog’lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy xordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz, sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;

– Universitetda turli xildagi ko’rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar o’tkazishni tashkil qilish;

– Moddiy jihatdan kam ta’minlangan ko’p bolali oilalardan chiqqan, nogiron va chin yetim talabalarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ularni ahvolini aniqlash hamda ijtimoiy muxofaza qilish bo’yicha muntazam ish olib borish va universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

– Bayramlar va allomalarning tavallud kunlari munosabati bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil qilib borish;

– Talaba va professor-o’qituvchilarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgoh joylarga tashriflarini tashkil etib borish;

– Universitetda talabalarning ota-onalari, mahalliy xokimiyatlar, hayriya jamg’armalari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;

– Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;

– Talabalar milliy g’ururini shakllantirish;

– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burch va vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;

– Universitetda ko’rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar o’tkazishni tashkil etish;

– Respublika, viloyat, shahar va universitetda bo’ladigan turli jamoat ishlari, tadbirlarida professor-o’qituvchilar va talabalarni ishtirokini ta’minlash;

– Tarbiyaviy ishlar yo’nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha taklif kiritish.

  1. Huquqlari

 Universitetda professor-o’qituvchilarni mehnat-shartnomasida ko’rsatilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlar majmuasi bajarilmagan holda, rektorga tegishli takliflar kiritish.

  1. Talabalarni o’quv yurtidan chetlashtirish yoki tiklash bilan bog’liq bo’lgan takliflar kiritish.
  2. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor bilan quyidagilar kelishishi kerak:

– O’quv jarayonida talabalarni kursdan-kursga o’tkazish, o’quv yurtidan chetlashtirish, kayta tiklash, rag’batlantirish yoki jazolash kabilar to’g’risidagi bo’yruqlar;

– Kam ta’minlagan ijtimoiy himoyaga muhtoj professor-o’qituvchi va xodimlar, talabalar, ilmiy izlanuvchilarni ijtimoiy himoyasi bo’yicha takliflar kiritib borish;

– Turli xil tanlovlar yakuni bo’yicha mukofatlarga tavsiyalar kiritish va ularni mukofatlashni tashkil etish;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi, shuningdek Navoiy, Beruniy nomdagi maxsus stipendiyalarga talabalar va ilmiy izlanuvchilar orasidan nomzodlar tanlash;

– O’qituvchi va talabalar orasidan xorijiy mamlakatlarga o’qishga, tajriba almashishga, malaka oshirishga va ishlashga yuboriladigan guruhlarni tuzish;

– Mehnat bitimlari, attestasiya va kadrlar bilan ishlashga oid masalalar.

  1. Ma’naviy-m’rifiy masalalar yuzasidan dekanatlarga, kafedra mudirlariga va bo’lim rahbarlariga bevosita ko’rsatmalar berish.

 VII.Maqomi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i ish jarayonida faqat yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor va universitet rektoriga bo’ysunadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi quyidagi bo’limlar bilan yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor rahbarligida ish olib boradi.

  1. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor
  2. Ustoz-murabbiylar Kengashi
  3. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  4. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari
  5. Madaniyat saroyi (yoshlarning hunarmandchilik markazi va turli yo’nalishdagi to’garaklar).
  6. Jismoniy tarbiya va sport inshootlari
  7. Talabalar va ilmiy izlanuvchilar turar joyi
  8. Umum ovqatlanish va boshqa maishiy xizmat ko’rsatish
  9. Jamoat komissiyasi va Kengashlar
  10. Barcha ijtimoiy-gumanitar kafedralar
  11. Ijtimoiy psixologik xizmat markazi
  12. Universitet Salomatlik tibbiyot markazi.
  13. Internet klublari.
  14. Kutibxonalari.
  15. Talabalar disput va debat klublari.
  16. Universitet Sport klubi
  17. Universitet muzeyi
  18. Talabalar turar joylari
  19. BKU qo’mitasi.
  20. Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti
  21. Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat Kengashi
  22. Talabalar kengashi

  1. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’ining vazifalari:

  • Universitet talabalari orasida turli xildagi uchrashuvlar, davra suhbatlari, bahs-munozara kechalarini uyushtirib borish.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, shuningdek “ta’lim to’g’risida”gi qonunda va “kadralar tayyorlash milliy dasturi”dagi yangilik va ko’rsatmalarni talabalarga hamda professor-o’qituvchilarga o’z vaqtida etkazishni, tashkil etish;
  • Xuquqbuzarlikning oldini olish maqsadida xuquq-targ’ibot idoralari xodimlari bilan xamkorlikda ishlashni tashkillashtirish;
  • Talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalariga oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo’llanmalar tayyorlab borish va ularni chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil qilish;
  • Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va madaniy xordiq chiqarishlari uchun kontsert va kino, teatrlarga ziyoratgoh joylarga borishlarini shartnomalar asosida tashkil qilish;
  • Ustoz-murabbiylar ish samaradorligiga erishish maqsadida ular bilan hamkorlikda muntazam ish olib borish;
  • Talabalar turur joyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borish va ular bilan turli xildagi tadbirlar o’tkazishni tashkil qilish;
  • Talaba va professor-o’qituvchilarni universitet va Respublikada o’tkaziladigan tanlovlarda va turli xildagi tadbirlarda qatnashishini ta’minlash hamda ularni Nizom asosida rag’batlantirib borishni tashkil etish;
  • Universitetda sport-sog’lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy xordiq chiqarish tuzumlarining uzluksiz, sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba va professor-o’qituvchilar tarkibini o’rgangan holda ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida rektoratga takliflar kiritish;
  • Mustaqillik davrida e’lon qilingan barcha tadbirlarning mazmunli o’tkazilishini maxsus “Nizom” asosida tashkil etish va bajarilishini ta’minlash.
  1. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisining vazifalari:
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, shahar va tuman hokimliklari tomonidan yuborilgan barcha moddemogramma va xatlarga o’z vaqtida javob tayyorlash;
  • Universitetda o’tkaziladgan va rejalashtirilgan tadbirlar uchun tadbirlar dasturi va rejalarini ishlab chiqish va bajarilishi bilan bog’liq muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko’rsatib borish;
  • Universitetda turli xildagi ko’rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar o’tkazishni Nizom asosida tashkil qilish;
  • Moddiy jihatdan kam ta’minlangan ko’p bolali oilalardan chiqqan, nogiron talabalarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ularni ahvolini aniqlash hamda ijtimoiy muxofaza qilish bo’yicha muntazam ish olib borish;
  • Bayramlar va allomalarning yubileylari munosabati bilan tadbirlar tashkil qilib borish;
  • Professor-o’qituvchi va talabalarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgoh joylarga tashriflarini tashkil etib borish;
  • Universitetda talabalarning ota-onalari, mahalliy xokimiyatlar, hayriya jamg’armalari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • Talabalar turur joylarida va universitet miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarning mazmunli o’tkazilishiga har tomonlama ko’maklashish.

Yoshlar bilan  ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

  Xamidov Sanjar Samig‘ o‘g‘li
Yoshlar bilan  ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i  Tel. 71 299 – 00 – 35
Vazifasi
1. Universitet rahbariyatiga zarur bo’lgan hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.
2. Universitetda Yoshlar bilan  ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish.
3. Oliy ta’limni boshqarish organlariga tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda ma’naviy – ahloqiy tarbiyani isloh qilish xususidagi takliflarni tayyorlash.
4. Universitetda ma’naviyat va ma’rifatga oid qabul qilingan Qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
5. Universitetdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.
6. Universitetda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha Respublika Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi ta’minlash va boshqalar.

 Bo’lim tarkibi

Kasimova Shaxizada Raxmotullayevna
Yoshlar bilan  ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi
Tel. 71 299 – 03 – 16
Vazifalari
1. Universitetda o’tkazilgan tadbirlar haqidagi ma’lumotni tayyorlab tegishli tashkilotlarga jo’natadi.
2. Universitetda va uning barcha fakultetlarida ma’naviy – ahloqiy tarbiyaga oid ilg’or tajribalarini o’rganadi.
3. Murabbiylarga amaliy yordam ko’rsatadi.
1.4. Murabbiylik soatlari uchun zarur bo’lgan ma’lumot, axborotlarni to’plashda ularga yordamlashadi.
1.5. Bo’limni ma’lumotnomalar va ko’rsatmalar, qurilmalar bilan ta’minlaydi.
1.6. Hujjatlar tayyorlashda bevosita ishtirok etadi.
1.7. Topshiriladigan hujjatlar hisobotlarini o’z vaqtida ro’yxatga oladi.
1.8. Bo’limga tegishli joylar holatini o’rganadi.
1.9. Bo’limning nazorat ishlarida ishtirok etadi va boshqalar.

Mirzamo‘minov Shavkatjon

Abdullayeva Ruxsora Sobirovna

 Dehqonov Mirali Mirxon o‘g‘li

 Jumaniyazov Bunyod Jumanazar o‘g‘li

 Gayupova Muqaddas Talatovna
Toshkent davlat transport universiteti “Muzey xodimi”
Telefon: 71 299 – 05 – 98
Vazifalari
1. Тashkiliy masalalar yuzasidan majlislarda qatnashish.
2. Tuzilmaviy bo‘linmalardan zarur axborot, hujjatlarni olish.
3. U bajarayotgan lavozim majburiyatlariga tegishli masalalar muhokamasida ishtirok etish.
4. Muassasa (tashkilot) rahbariyatidan uning lavozim majburiyatlarini bajarish va huquqlaridan foydalanishda ko‘maklashishlarini talab qilish.

 Baratova Ra’no Rustamovna
Toshkent davlat transport universiteti psixologi
Tel. 71 299 – 04 – 55
Vazifasi
1. Universitetdagi axloqiy – psixologik iqlimni, uning talaba shaxsiga ta’sirini o’rganish.
2. Talabalarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy – psixologik diagnostika o’tkazish.
3. Ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalarni aniqlash.
4. Kattalar tomonidan tazyiq o’tkazilayotgan talabalar muhofazasi va ular bilan individual ishlarni olib boorish.
5. Notinch oila farzandlarini erta aniqlash.
6. Ota – onalarni o’quv tarbiyaviy jarayonga jalb etish.
7. Mushkul vaziyatlarga tushib qolgan talabalarga individual maslahatlar berish va boshqalar.

  Shodijonova (Yuldasheva) Shaxsonem Xudaybergenovna
Toshkent davlat transport universiteti badiiy rahbari
Tel. 71 299 – 04 – 62